Goal24.uz » O'zbekiston » Josh Teylor Xose Ramiresga qarshi. 23-may tongida Shahram va Shohjahon harakat qiladigan vazn toifasida mutlaq chempion aniqlanadi

Josh Teylor Xose Ramiresga qarshi. 23-may tongida Shahram va Shohjahon harakat qiladigan vazn toifasida mutlaq chempion aniqlanadi

Автор: admin

Boks bo‘yicha super yengil vazn toifasi mutlaq chempionligi uchun IBF va WBA kamarlari sohibi Josh Teylor (17-0, 13 KO) hamda WBC va WBO yo‘nalishlari chempioni Xose Karlos Ramires (26-0, 17 KO) o‘zaro jang qiladi.
AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan mazkur jangning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan 23-may tongiga to‘g‘ri keladi.
Jangchilar vazn o‘lchash marosimida talabni bajargan holda bir xil natija qayd etdi — 63,3 kilogramm.
Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschilar Shahram G‘iyosov (11-0, 9 KO) va Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) harakat qiladi.
WBA reytingida Shahram 3-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Shohjahon 8-pog‘onada bormoqda. IBF’da Ergashev 4-o‘rin, G‘iyosov esa 13-bo‘lib turibdi. Shuningdek, Shohjahon WBO (8) yo‘nalishida ham top-10 likdan joy olgan.
105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *