Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekistonga "Atletiko"ning qaysi jamoasi keladi? - Ravshan Ermatovdan javob

O‘zbekistonga "Atletiko"ning qaysi jamoasi keladi? - Ravshan Ermatovdan javob

Автор: admin

Yurtimizga "Atletiko Madrid"ning qaysi jamoasi keladi?
“Toshkent Besh tashabbus harakati" doirasida Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bilan yoshlarning ochiq muloqoti o‘tkazildi.
Ravshan Ermatov Ispaniya futbol klubi "Atletiko Madrid" jamoasining O‘zbekistonga kelishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi. Bu haqda "Uzreport" rasmiy sayti xabar berdi.
– Xabaringiz bor, yaqinda turizm va sport vaziri Ispaniya va Italiya safarlarida bo‘ldi. Safar chog‘ida "Atletiko Madrid" klubi vakillari bilan muzokaralar olib borilgan.
Biz ular bilan qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashishimiz mumkinligi, xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari, murabbiylarni Ispaniyaga malaka oshirishga yuborish, yosh futbolchilarimizni klub akademiyasiga joylash kabi masalalarini qo‘ydik.
Bilasiz, "Atletiko Madrid" jamoasining grafigi juda tig‘iz, shuning uchun hozircha, klubning yoshlar jamoasidan boshlab turamiz. Keyinchalik, kattalar jamoasi, vaqti kelsa Ispaniya terma jamoasi bilan ham o‘ynash imkoniyatimiz bo‘ladi, – dedi Ravshan Ermatov.
116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *