Goal24.uz » Jahon » Yevropani zabt etishga qodir MLS yulduzlari

Yevropani zabt etishga qodir MLS yulduzlari

Автор: admin

MLS deganda barchaning ko‘z oldiga o‘zining so‘nggi mavsumlarini o‘tkazish uchun kelgan qariya yulduzlar kelishi aniq. Shunday bo‘lsada, ushbu birinchilikda ham iqtidorli yosh futbolchilar talaygina topiladi. Xatto ular orasida Yevropa grandalarida ham bemalol to‘p surishga qodirlari mavjud. Bugun ana shunday futbolchilar haqida so‘z boradi.
Diyego Rossi («Los-Andjeles»; Urugvay; 21 yosh)
 
Ayni damda MLSning eng sermahsul futbolchilaridan biri bo‘lib turgan yosh va iqtidorli vinger tez orada Yevropa grandalaridan birida ko‘rinish bersa, ajab emas. “Los-Andjeles” jamoasiga safiga Urugvayning «Penyarol» klubidan tashrif buyurgan futbolchi MLSni tezda zabt etgani tahsinga saovor. Yangi jamoasi libosida 76 ta o‘yinda maydonga tushgan Diyego 36 ta gol va 16 ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Bunday statistika Yevropa grandalarini ham befarq qoldigani yo‘q. o‘tgan yozda futbolchi uchun Krasnodar jamoasi 10 million yevro taklif qilgan bo‘lsa, Italiyaning “Fiorentina” klubi 15 million yevrodan voz kechishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Hozirha, Rossining MLS jamoasi bilan shartnomasi mavjud, biroq 21 yoshlik futbolchi erta yoki indin albatta Yevropa klublaridan biriga o‘tishi aniq.
Karlos Vela («Los-Andjeles»; Meksika; 30 yosh)
Bu futbolchi muxlislarga juda yahshi tanish ekanligiga shubhamiz yo‘q. Katta futbolga ilk qadamalarni Lononning “Arsenal” jamoasida qo‘ygan hujumchi endlikda MLSning birinchi raqamli yulduzlaridan biri hisoblanadi. «Reale Sosyedad» jamoasidagi 6 yillik faoliyatidan so‘ng, ocean ortiga ravona bo‘lgan qahramonimiz bugungi kunga kelib ham Yevropa jamoalari nazaridan qolganicha yo‘q. “Soccer” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, futbolchini Katoloniyaning “Barselona” jamoasi ko‘z ostiga olib yuribdi. To‘g‘ri, Vela “Barsa” uchun zahira o‘yinchisi bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda, lekin barcha futbolchilarga ham bunday katta klubdan qiziqish bo‘lavermaydi.
Kristian Pavon («Los-Andjeles Gelaksi»; Argentina; 23 yosh)
 
O‘tgan mavsumda Argentinaning “Boka Xuniors” jamoasidan bir mavsumga ijaraga olingan futbolchi MLS muxlislarida juda yahshi taassurot qoldirdi. Noyabr oyida esa, jamoa futbolchi bilan tuzilgan ijara shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirishga qaror qildi. Ayni damda argentinalik futbolchi jamoaning eng muhim o‘yinchilaridan biri bo‘libgina qolmay, jamoaning natijalarini belgilab beruvchi o‘yinchiga aylanishga ham muvaffaq bo‘lgani e’tiborga molik. MLS borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan IIbrahimovich : “Pavon MLS uchun haddan yahshi futbolchi. Uning joyi Yevropa klublarida”-degan edi. “Boka” o‘z futbolchisining ijarasidan ham katta pul ishlab olmoqda. Ikki klub o‘rtasidagi shartnoma bandlariga ko‘ra, Kristian uchun boshqa klub kattaroq summa taklif etsa, argentina klubi uni sotib yuborish huquqiga ega.
Gonsalo «Piti» Martines («Atlanta Yunayted»; Argentina; 26 yosh)
 
“Atlanta” klubi Argentinaning eng kuchli futbolchilaridan birini kulguli narx evaziga xarid qilgan bo‘lsada, futbolchi MLSni zabt etishga jiddiy kirishib ketdi. Albatta, so‘z 2018-yilda Janubiy Amerikaning eng yahshi futbolchisi deb e’tirof etilgan Gonsalo Martines haqida bormoqda. “River Pleyt” safida “Livertadores” kobogida zafar quchgan qahramonimiz ko‘plab grandlar taklifini kutgan edi, biroq unga asosan Fransiya klublari qiziqish bilan chiqishidi. Ular orasida PSJ yo‘qligi bois, qahramonimiz katta moash ilinjida MLSni tanladi va ocean ortiga uchib ketdi. Uning jamoasi qolgan MLS klublaridan farqli o‘laroq nomdor futbolchilarga emas, natija ko‘rsatuvchi futbolchilarga suyanmoqda. Shu sababli, Piti tezda mashxurlikka erishisha muvaffaq bo‘ldi. Bir necha bor MLSda oyning eng yahshi futbolchisi deb e’tirof qilingan qahramonimiz ham tez orada ko‘hna qit’aga qaytish uchun qulay imkoniyatga ega.
 
Djozef Martines («Atlanta Yunayted»; Venesuela; 26 yosh)

Juda yosh paytida ko‘hna qit’ani zabt etish uchun yo‘l olgan hujumchi avvaliga “Shvetsariya”ning bir nechta klublarida o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi va Italiyaga yo‘l oldi. "Torino” safida 2,5 yil davomida to‘p surgan qahramonimizga o‘yin amaliyoti yaratib berilmadi va u klub uchun 13 ta gol urish bilan cheklandi. Keyinchalik futbolchi uchun Jorjia shtati klubi 4,5 million yevro to‘ladi va so‘nggi 3 yillikning eng yahshi hujumchisini qo‘lg kiritdi. So‘nggi 100 ta uchrashuvda qahramonimiz 88 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirishni uddaladi va MLSning eng yahshi futbolchilaridan biriga aylandi. Bunday hujumchi Yevropadan takliflar olmasligi mumkin emas, biroq Martines o‘z klubida baxtli ekanligni bot-bot takrorlab turibdi.
363   
Добавить комментарий
Ваше имя: *