Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Bundesliga. 7ta gol urilgan bahsda «Bayer» «Borussiya» Dortmund ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Bundesliga. 7ta gol urilgan bahsda «Bayer» «Borussiya» Dortmund ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Автор: admin

Germaniya Bundesligasi 21-turi doirasidagi «Bayer» - «Borussiya» Dortmund uchrashuvi gollarga boy o‘tdi.
Jami 7ta gol urilgan uchrashuvning 20-daqiqasida Folland hisobni ochgan bo‘lsa, ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Hummels muvozanatni tikladi. 
33-daqiqada Emre Jan sobiq jamoasini uzoqdan yo‘llangan ajoyib zarbasi bilan jazolab «Borussiya»ni hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa, 43-daqiqada Folland dubli evaziga jamoalarni tanaffusga durang natija bilan chiqishlarini ta’minladi – 2:2.
Tanaffusdan keyin Sanchoning goli VAR tizimi orqali bekor qilingan bo‘lsa, 64-daqiqada Gerreyru baribir mehmonlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo, so‘nggi o‘n daqiqalikda mezbon jamoa ikkita gol urishga erishdi. 81-daqiqada Beyli stadionni larzaga keltirgan bo‘lsa, bir daqiqa o‘tib Bender jamoasining supero‘yindagi g‘alabali goliga mualliflik qildi – 4:3.
Yana bir e’tiborli jihati, shu kuni asosiy tarkibda maydonga tushgan Holandning dortmundliklar safidagi 4 o‘yinlik golli seriyasiga barham berildi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Bayer» ochkolar sonini 37taga yetkazib, 5-o‘ringa chiqib oldi. «Borussiya» D esa hozircha 39 ochko bilan 3-o‘rinda qolmoqda.
Bundesliga. 21-tur.
8 fevral (shanba)
Bayer – Borussiya D 4:3 
Gollar: 1:0 – 20 Folland, 1:1 – 22 Xummels, 1:2 – 33 Jan, 2:2 – 43 Folland, 2:3 – 64 Gerreyru, 3:3 – 81 Beyli, 4:3 – 82 Bender. 
Bayer – Gradetski, Tapsoba, Sinkgraven, Ta, Bender, Amiri, Bender, Xaverts, Belarabi (Vayzer, 46), Diabi (Beyli, 71), Folland.
Borussiya D – Byurki, Zagadu, Akandji, Xummels, Xakimi, Vitsel, Gerreyru, Sancho, Jan, Brandt (Reyna, 46), Xoland.
Ogohlantirishlar: Bender (35), Gerreyru (39), Folland (66).


163   
Добавить комментарий
Ваше имя: *