Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Chempionlar Ligasining 2021/22-yilgi mavsumdagi g‘olibi qancha mukofot olishi ma’lum bo‘ldi

Chempionlar Ligasining 2021/22-yilgi mavsumdagi g‘olibi qancha mukofot olishi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Chempionlar Ligasining 2021/22-yilgi mavsumida ishtirok etish uchun klublar oladigan mukofot pullari miqdori ma’lum bo‘ldi.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mukofot pullarining umumiy miqdori 2,032 milliard yevroni tashkil qilgan. Musobaqaning guruh bosqichiga yo‘l olgan har bir jamoa 15,64 million yevroga ega bo‘ladi, bu joriy mavsumdagidan 390 ming yevroga ko‘proqdir.
Guruh bosqichidagi har bir g‘alaba 2,8 million yevro bilan mukofotlanadi (ushbu mavsumdan 100 ming yevroga ko‘proq), durang esa 930 ming yevro (+30 ming yevro) olib keladi.

Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga chiqish 9,6 million yevro (+100 ming yevro), 1/4 — 10,6 million yevro (+100 ming yevro), 1/2 — 12,5 million yevro (+500 ming yevro) olib keladi. Finalga chiqqanlik uchun esa 15,5 million yevro (+500 ming yevro) taqdim etiladi.
Musobaqa g‘olibi esa yana qo‘shimcha 20 million yevro bilan taqdirlanadi. Ushbu mavsumda bu ko‘rsatkich 19 million yevroga teng.
Bundan tashqari, UEFA klublari reytingidagi o‘rni uchun to‘lovlar (585 dan 600,6 million yevrogacha) va har bir mamlakat televizion bozori qiymati uchun belgilangan to‘lovlar ham (292 dan 300,3 million yevrogacha) oshiriladi.
Shuningdek, Yevropa Ligasi mukofot pullarining umumiy miqdori va g‘olib jamoa oladigan summa ham e’lon qilindi:
  • Yevropa Ligasi mukofot pullarining umumiy miqdori — 465 million yevro;
  • Yevropa Ligasining guruh bosqichiga chiqqanlik uchun — 3,63 million yevro;
  • Guruh bosqichidagi g‘alaba uchun — 630 ming yevro, durang uchun — 210 ming yevro.
Guruhda birinchi o‘rinni egallagan jamoa 1,1 million yevroga ega chiqsa, finalga yo‘l olgan jamoalar 4,6 million yevro bilan taqdirlanadi. Musobaqa g‘olibi esa yana qo‘shimcha 8,6 millionga ega bo‘ladi.
224   
Добавить комментарий
Ваше имя: *