Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Verona» «Yuventus» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

A Seriya. «Verona» «Yuventus» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Автор: admin

Italiya A Seriyasi 21-turi doirasida «Verona» o‘z uyida «Yuventus»ni qabul qilib, amaldagi chempion ustidan g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvdagi hisobni 65-daqiqada Ronaldu ochgan bo‘lsa, 76-daqiqada Borini muvozanatni tikladi - 1:1. 
86-daqiqada esa katta sahnaga VAR tizimi chiqdi va bosh hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Patssini golga aylantirib, «Verona»ga muhim g‘alabani keltirdi. 
Ushbu muvaffaqiyatdan keyin «Verona» 34 ochko bilan 6-o‘ringa chiqib oldi, «Yuve» esa 54 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Italiya A Seriyasi. 21-tur
Verona – Yuventus 2:1
Gollar: 0:1 – 65 Ronaldu, 1:1 – 76 Borini, 2:1 – 86, penalti Patssini.
Verona – Silvestri, Gyunter, Rahmani, Kumbula, Faraoni, Pessina, Lazovich (Dimarko, 79), Zakkani (Patssini, 69), Amrabat, Borini, Velozu (Verre, 58).
Yuventus - Shchensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, de Ligt, Pyanich, Kuadrado, Bentankur (De Shilo, 82), Rabo, Duglas Kosta (Remzi, 72), Ronaldu, Iguain (Dibala, 59).


169   
Добавить комментарий
Ваше имя: *