Goal24.uz » O'zbekiston » Boks. O‘zbekistonlik bokschilarning 7 nafari Osiyo chempionati finaliga chiqdi, Bahodir Jalolov nokaut evaziga g‘alaba qozondi

Boks. O‘zbekistonlik bokschilarning 7 nafari Osiyo chempionati finaliga chiqdi, Bahodir Jalolov nokaut evaziga g‘alaba qozondi

Автор: admin

Boks bo‘yicha 2021-yilgi Osiyo chempionatining yarim final bahslari 28-may, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik o‘n nafar bokschi ringga ko‘tarildi. Bahodir Jalolov kuvaytlik Alanzi Abdurrahmonni ikkinchi raunddagi nokaut evaziga taslim etdi. U finalda azaliy raqibi qozog‘istonlik Kamishbek Kunkaboyevga qarshi jang qiladi.
Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Nodirjon Mirzahmedov, Bobousmon Boturov, Saidjamshid Ja’farov va Dilshodbek Ro‘zmetov ham o‘z janglarini g‘alaba bilan yakunlab, finalga yo‘l oldi.
Abdumalik Halokov, Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov mag‘lubiyatga uchrab, o‘z yurishini yarim finalda tugatdi.
Osiyo chempionati—2021 yarim final natijalari bilan tanishing:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov 5:0 hisobida Unubold Orxontangalagno (Mo‘g‘uliston) mag‘lub etdi;
-52 kg: Shahobiddin Zoirov Azat Usenaliyevni (Qirg‘iziston) taslim etdi (4:1);
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov 5:0 hisobida Junmilardo Ogayredan (Filippin) ustun keldi;
-60 kg: Abdumalik Halokov Tsenbataar Erdenebatga (Mo‘g‘uliston) yutqazib qo‘ydi (2:3);
-64 kg: Elnur Abduraimov 0:5 hisobida Chinzorig Baatarsuxga (Mo‘g‘uliston) mag‘lub bo‘ldi;
-69 kg: Bobousmon Boturov raqibi Vikas Krishan (Hindiston) jangni davom ettira olmagani evaziga texnik g‘alabaga erishdi;
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov 5:0 hisobida Eumir Marsialni (Filippin) mag‘lubiyatga uchratdi;
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov Shabbos Negmatulloyevni (Tojikiston) yengdi (5:0);
-91 kg: Sanjar Tursunov 0:5 hisobida Sanjitga (Hindiston) yutqazib qo‘ydi;
+91 kg: Bahodir Jalolov 2-raunddagi texnik nokaut evaziga Alanzi Abdurrahmonni (Kuvayt) taslim etdi.
167   
Добавить комментарий
Ваше имя: *