Goal24.uz » O'zbekiston » Shohjahon Ergashevning Toshkentda o‘tadigan boks oqshomidagi raqibi o‘zgardi

Shohjahon Ergashevning Toshkentda o‘tadigan boks oqshomidagi raqibi o‘zgardi

Автор: admin

Professional boksning super yengil vazn toifasida harakat qilayotgan Shohjahon Ergashev (19-0, 17 KO) 11-iyun kuni Toshkentda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik bokschiga tanzaniyalik Salimu Jengo ( 16-3, 10 KO) raqib bo‘ladi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
Avvalroq ushbu boks oqshomi Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida Ergashevning tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan va unda Shohjahon Robert Kuayega (19-0, 16 KO) qarshi jang qilishi xabar berilgandi.
11-iyun kungi boks kechasi 18:00 da boshlanadi. Unda jami 8 ta jang o‘tkazilishi kutilmoqda.
Salimu so‘nggi jangini 2020-yilning noyabrida Eduardo Manchitoga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ustun kelgandi. Ergashev esa oxirgi marta 2020-yilning noyabrida belaruslik Dmitriy Milyushaga qarshi jang qilib, raqibini ikkinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
159   
Добавить комментарий
Ваше имя: *