Goal24.uz » Chempionlar ligasi » “Chelsi” inglizcha finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqdi

“Chelsi” inglizcha finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining finalida “Manchester Siti” va “Chelsi” jamoalari 29-may, shanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi hujumkor ruhda o‘tdi, ayniqsa londonliklarning hujumlari xavfliroq tus oldi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Kay Haverts Meyson Mauntning uzatmasidan keyin darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda ustunlik “shaharliklar” tomonida bo‘ldi, London klubi esa qarshi hujumga tayanib harakat qildi. Tanaffusdan keyin ham ikki tomonda bir qator vaziyatlar bo‘ldi, biroq darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.
Shu tariqa Tomas Tuxel qo‘l ostidagi “Chelsi” Chempionlar Ligasi 2020/21-yilgi mavsum bosh sovriniga ega chiqdi.
Chempionlar Ligasi
Final
29-may, shanba

“Manchester Siti” — “Chelsi” 0:1

Gol: 0:1 – 42 Haverts.
“Manchester Siti”: Ederson, Stounz, Ruben Diash, Uoker, Zinchenko, Foden, Bernardu Silva (Fernandinyo, 64), Sterling (Aguero, 77), de Bryuyne (Gabriel Jezus, 60), Mahrez, Gundo‘g‘an.
“Chelsi”: Mendi, Chiluell, Jeyms, Tiago Silva (Kristensen, 39), Ryudiger, Aspilikueta, Kante, Jorjinyo, Maunt (Kovachich, 80),Haverts, Verner (Pulishich, 66).
Ogohlantirishlar: Gundo‘g‘an (34), Ryudiger (57).
230   
Добавить комментарий
Ваше имя: *