Goal24.uz » Jahon » O‘rtoqlik o‘yinlari. Fransiya terma jamoasi Uelsga imkon qoldirmadi, Angliyada ham g‘alaba, Germaniya va Niderlandiya durang o‘ynadi

O‘rtoqlik o‘yinlari. Fransiya terma jamoasi Uelsga imkon qoldirmadi, Angliyada ham g‘alaba, Germaniya va Niderlandiya durang o‘ynadi

Автор: admin

FIFA kunlaridan foydalanib, Yevropaning qator jamoalari Yevro—2020 musobaqasi oldidan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdi.
Fransiya terma jamoasi Uelsga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuvning 34-daqiqasida Kilian Mbappe fransuzlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Antuan Grizmann jamoasining ikkinchi golini urgan bo‘lsa, 79-daqiqada Usmon Dembele hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Angliya terma jamoasi Bukayo Sakaning yagona goli evaziga Avstriyadan ustun kelgan bo‘lsa, Germaniya termasi Daniya bilan durang o‘ynadi. Niderlandiya gollarga boy bo‘lgan bahsda Shotlandiya bilan jangovar durang qayd etdi.
O‘rtoqlik o‘yinlari
2-iyun, chorshanba

Fransiya — Uels 3:0

Gollar: 1:0 – 34 Mbappe, 2:0 – 47 Grizmann, 3:0 – 79 Dembele.
Fransiya: Lyoris, Kimpembe, Varan, Pavar (Kunde, 46), Lyuka Ernandes (Din, 46), Tolisso (Sissoko, 64), Rabo, Pogba (Koman, 63), Benzema, Mbappe (Dembele, 73), Grizmann (Ben-Yedder, 84).
Uels: Uord, Uilyams, Ganter, Rodon, Roberts, Uilson (Remzi, 59), Morrell (Koluill, 83), Jeyms (Bruks, 73), Allen (Levitt, 59), Beyl (Mur, 59), Mifem (Devis, 59).
Ogohlantirishlar: Mur (90).
Chetlatish: Uilyams (25).

Angliya — Avstriya 1:0

Gol: 1:0 – 56 Saka.
Angliya: Pikford, Aleksander-Arnold, Mingz (Godfri, 61), Trippyer, Koudi, Bellinghem, Rays (Uord-Prouz, 61), Lingard (Uotkins, 61), Saka, Grilish, Keyn (Kelvert-Lyuin, 62).
Avstriya: Bahmann, Layner (Trimmel, 81), Hinteregger, Fridl, Alaba (Shopf, 71), Shlager (Baumgartlinger, 81), Baumgartner (Shaub, 62), Zabitser, Laymer (Grillich, 62), Dragovich, Kalayjich (Gregorich, 71).
Ogohlantirishlar: Layner (52), Kelvert-Lyuin (66), Hinteregger (86), Aleksander-Arnold (88).

Niderlandiya — Shotlandiya 2:2

Gollar: 0:1 – 10 Hendri, 1:1 – 17 Depay, 1:2 – 63 Nisbet, 2:2 – 89 Depay.

Germaniya — Daniya 1:1

Gollar: 1:0 – 48 Noyhaus, 1:1 – 71 Poulsen.

Bosniya va Gersegovina — Chernogoriya 0:0

Belarus — Ozarbayjon 1:2

Gollar: 1:0 – 56 Skavish, 1:1 – 73 Guseynov, 1:2 – 90 Sheydayev.

Norvegiya — Lyuksemburg 1:0

Gol: 1:0 – 90+2 Holand.

Ruminiya — Gruziya 1:2

Gollar: 0:1 – 61 Mikautadze, 0:2 – 71 Aburdjaniya, 1:2 – 78 Ivan.
182   

Комментарии
(1)

  1. Hostle 3 июня 2021 14:29
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
Добавить комментарий
Ваше имя: *