Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga. «Real» safarda «Osasuna»dan yirik hisobda ustun keldi

La Liga. «Real» safarda «Osasuna»dan yirik hisobda ustun keldi

Автор: admin

Ispaniya chempionatining 23-turida «Real» Pamplonada «Osasuna» mehmoni bo‘lib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Mezbonlar a’zosi Garsiyaning goliga madridliklardan Isko, Ramos, Vaskes va Yovich javob berdi. 

G‘alabadan so‘ng «Real» ochkolarini 52taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamlab oldi. «Osasuna» esa 28 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.  
La Liga, 23-tur
Osasuna – Real 1:4
9 fevral, «El-Sadar»

Gollar. Unai Garsiya (14) – Isko (33), Ramos (38), Vaskes (84), Yovich (90+2).
Osasuna: Errera, Vidal, Unai Garsiya, Estupinyan, David Garsiya, Roberto Torres (Kardona, 77), Brashanats, Ruben Garsiya, Inigo Peres, Arnais (Galego, 61), Monkayola (Merida, 10). 
Real: Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi, Modrich, Valverde, Isko (Vinisius, 82), Kazemiro, Beyl (Vaskes, 71), Benzema (Yovich, 88).
Ogohlantirishlar: Vidal (57), David Garsiya (69), Karvaxal (73), Ramos (79).


172   
Добавить комментарий
Ваше имя: *