Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Sheffild Yunayted» g‘alabaga erishib, 5-o‘ringa chiqib oldi

APL. «Sheffild Yunayted» g‘alabaga erishib, 5-o‘ringa chiqib oldi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 26-turi doirasidagi «Sheffild Yunayted» - «Bornmut» o‘yinida mezbonlar g‘alabaga erishishdi.
O‘yindagi hisobni Uilsonning goli evaziga mehmonlar ochgan bo‘lishsa, 45-daqiqada Sharp muvozanatni tikladi – 1:1.
Bahsning 84-daqiqasiga kelib, Landstrem mezbonlarga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi – 2:1.
Ushbu g‘alabadan keyin «Sheffild» ochkolari sonini 39taga yetkazib, turnir jadvalida «Tottenhem»dan o‘zdi va 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 
APL. 26-tur
9 fevral (yakshanba)
Sheffild Yunayted – Bornmut 2:1

Gollar: 0:1 – 13 Uilson, 1:1 – 45 Sharp, 2:1 – 84 Landstrem. 
Sheffild Yunayted – Xenderson, Boldok, Igan, O`Konnell, Stivens, Berge (Landstrem, 61), Norvud, Flek, Bashem, Sharp (Musse, 74), Makberni.
Bornmut – Remsdeyl, Riko, Ake, Frensis, Smit, Uilson (King, 72), Freyzer (Stanislas, 84), Billing, Serman (Solanke, 88), Gosling, Uilson.
Ogohlantirishlar: Stivens (39), Serman (53), Musse (89), Frensis (90).


148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *