Goal24.uz » Jahon » JCH-2022 saralash bosqichi. Falastin Singapurni yirik hisobda mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi

JCH-2022 saralash bosqichi. Falastin Singapurni yirik hisobda mag‘lub etib, 3-o‘ringa ko‘tarildi

Автор: admin

Qit’amizda 2022 yilgi jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Saudiya Arabistonida markazlashgan holda davom ettirilayotgan «D» guruhida Falastin Singapurga qarshi maydonga tushib, yirik 4:0 hisobida zafar quchdi. 
Natijada, falastinliklar 7 o‘yindan keyin 7 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. Dastlabki ikki o‘rinda 5 o‘yindan o‘tkazgan Saudiya Arabistoni (11 ochko) va O‘zbekiston (9) milliy jamoalar borishmoqda.
JCH-2022 Osiyo saralash bosqichi. 
Falastin - Singapur 4:0
Gollar: 
Seam (20 penalti, 30 penalti), Oday (23), Yosir Hamid (85).
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi 7 iyun kuni Singapurga qarshi maydonga tushsa, 11 iyunda Yaman, 15 iyun kuni esa Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *