Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La liga. «Barselona»ning «Betis»ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi e’lon qilindi

La liga. «Barselona»ning «Betis»ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi e’lon qilindi

Автор: admin

Ispaniya chempionatining 23-turi doirasida "Barselona" safarda "Betis" klubi mehmoni bo‘lmoqda. Kike Setyen o‘zinig sobiq jamoasiga qarshi o‘yinga 18 nafar futbolchi bilan yo‘l oladigan bo‘ldi.

Luis Suares, Usmon Dembele va Norbertu Neto jarohatlanganlar safida qolayotgan bo‘lsa, Jerar Pike diskvalifikasiya tufayli bugungi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ularning o‘rnini to‘ldirish uchun "Barselona B"dan Inyaki Penya, Riki Puch va Ronald Arauxo tarkibga jalb qilindi.

«Benito Vilyamarin» stadionidagi o‘yin bugun tunda — Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

«Barselona»ning «Betis»ga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibi:

Darvozabon: Mark-Andre ter Shtegen, Inyaki Penya.

Himoyachilar: Nelson Semedu, Kleman Lengle, Xordi Alba, Serxi Roberto, Samyuel Umtiti, Xunior Firpo, Ronald Arauxo

Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Serxio Buskets, Artur Melo, Frenki de Yong, Arturo Vidal,  Riki Puch,

Hujumchilar: Lionel Messi, Antuan Grizmann, Ansuman Fati.

162   
Добавить комментарий
Ваше имя: *