Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Allegri «Yuventus» rahbariyati bilan Ronaldu mavzusini muhokama qildi

Allegri «Yuventus» rahbariyati bilan Ronaldu mavzusini muhokama qildi

Автор: admin

"Yuventus" yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri rahbariyat bilan yozgi transfer uchun rejalarni muhokama qildi.

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar hujumchi Krishtianu Ronaldu mavzusiga ham to‘xtalishgan. Portugaliyalik futbolchi klubdan ketish taraddudiga tushganini rahbariyat biladi. Shu bois, Allegri forvardning kelajagi bilan bog‘liq masala tezroq hal etilishini istamoqda.

Bundan tashqari, tomonlar Paulo Dibalaning kelajagini muhokama qilishdi. Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga yetadi. Rahbariyat u bilan kelishuvni uzaytirishni, Allegri esa Dibala Ronalduning soyasidan chiqishini istamoqda.

Ronaldu joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 44ta uchrashuvda maydonga tushib, 36ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi. Dibala esa 26ta bahsda 5ta gol va 3ta assist muallifiga aylandi.
Manba: soccernews.ru
109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *