Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Chempionlar Ligasi 2020/21-yilgi mavsumining eng chiroyli goli aniqlandi

Chempionlar Ligasi 2020/21-yilgi mavsumining eng chiroyli goli aniqlandi

Автор: admin

“Portu” hujumchisi Mehdi Taremining “Chelsi” (1:0) darvozasiga urgan goli muxlislar talqiniga ko‘ra Chempionlar Ligasi 2020/21-yilgi mavsumining eng chiroyli goli deb topildi.
Eronlik futbolchi chorak final doirasida o‘tkazilgan bellashuvda musobaqa g‘olibi “Chelsi” darvozasini chalqancha usulda ishg‘ol etgandi.
Ikkinchi o‘ringa “Barselona” hujumchisi Lionel Messining “PSJ”ga urgan goli loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, kuchli uchlikka “Chelsi” hujumchisi Olivye Jiruning “Atletiko” darvozasiga kiritgan to‘pi yakun yasab berdi.

Qayd etilishicha, Chempionlar Ligasi 2020/21-yilgi mavsumining eng chiroyli golini aniqlashda 1,3 million kishi ishtirok etgan.
60   
Добавить комментарий
Ваше имя: *