Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Parimatch Premer Kubogi. «Rostov» penaltilar seriyasida «Lokomotiv»ga mag‘lub bo‘ldi

Parimatch Premer Kubogi. «Rostov» penaltilar seriyasida «Lokomotiv»ga mag‘lub bo‘ldi

Автор: admin

Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tgan Parimatch Premer Kubogi doirasidagi so‘nggi 3-tur uchrashuvida «Rostov» klubi Moskvaning «Lokomotiv» jamoasiga qarshi saf tortdi.
To‘rt jamoadan iborat turnirda 2-o‘rin egasi sohibini aniqlab berishi lozim bo‘lgan bahsning asosiy vaqtida jami 6ta gol kiritilib, 3:3 hisobi qayd etildi.
E’tiborlisi, shu kuni asosiy tarkibda maydonga tushgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov rostovliklarning Mamayev tomonidan kiritilgan 2-goliga hammualliflik qildi.
O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida omad Yuriy Syomin shogirdlariga kulib boqdi va ular «lotoreya»da 4:5 hisobida zafar quchishdi.
Natijada, Valeriy Karpin qo‘l ostidagi «Rostov» jamoasi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik vazifasini bajaruvchi turnirda 3-o‘rinni egalladi.
9 fevral (yakshanba)
Parimatch Premer Kubogi. 3-tur.
Lokomotiv (Rossiya) – Rostov (Rossiya) – 3:3

Penaltilar seriyasi: 5:4
Gollar: 1:0 – Murilo (19), 1:1 – Osipenko (42), 1:2 – Mamayev (50), 2:2 – Krixovyak (60), 2:3 – Yeremenko (70), 3:3 – Ribchinskiy (73).
«Lokomotiv»: Gilerme, Xevedes, Murilo, Kverkveliya, Ignatev, Rыbus, Magkeyev, Barinov, Krixovyak, Joau Mariu, Tugarev.
«Rostov»: Rudakov, Osipenko, Chistyakov, Logashov, Chernov, Yeremenko, Popov, Mamayev, Zaynutdinov, Bayramyan, Shomurodov.
Parimatch Premer Kubogi. Yakuniy turnir jadvali:



153   
Добавить комментарий
Ваше имя: *