Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Allegri «Yuventus»ga besh futbolchini chaqirmoqchi. Ular orasida Pogba va Pyanich ham bor

Allegri «Yuventus»ga besh futbolchini chaqirmoqchi. Ular orasida Pogba va Pyanich ham bor

Автор: admin

«Yuventus» bosh murabbiyligiga qaytgan Massimiliano Allegri Turin klubiga qaysi futbolchilarni chaqirmoqchi ekani ma’lum qilindi.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha, Allegrining short-listidan Mauro Ikardi («PSJ»), Dushan Vlaxovich («Fiorentina»), Miralem Pyanich («Barselona»), Pol Pogba («Manchester Yunayted») va Manuel Lokatelli («Sassuolo») singari o‘yinchilar joy olgan. Italiyalik murabbiy Pyanich va Pogba singari sobiq shogirdlarini Turinga qaytarishni istamoqda.
Shuningdek, klub «Marsel»da to‘p surayotgan Arkadiush Milik va Memfis Depayni ham o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Depay «Barselona»ga o‘tmasa, Turin jamoasi safiga o‘tishi kutilmoqda.
Avvalroq, «Yuve» Ronaldu bilan xayrlashmoqchi ekani, portugaliyalik hujumchi Allegrining rejalaridan o‘rin olmagani haqida xabar berilgach, «MYU» Pogbani Ronaldu bilan almashishga tayyorligi haqida aytilgandi.
115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *