Goal24.uz » O'zbekiston » Oybek Bozorov diskvalifikatsiya sababli Singapurga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Vadim Abramov ham buni yaqinda bilgan

Oybek Bozorov diskvalifikatsiya sababli Singapurga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Vadim Abramov ham buni yaqinda bilgan

Автор: admin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 7-iyun, dushanba kuni JCh—2022 saralashi doirasida Singapurga qarshi bahs olib boradi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov uchrashuvdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Nasaf” yarim himoyachisi Oybek Bozorovning xizmatlaridan bellashuvda foydalana olmasligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bunga Bozorovning 2020-yilda Tailandda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining so‘nggi o‘yinida olgan qizil kartochkasi sabab bo‘lgan. Shu tariqa 23 yoshli futbolchi diskvalifikatsiya sababli Singapurga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi. Ta’kidlash joiz, Vadim Abramov ham ushbu holat o‘zi uchun kutilmagan yangilik bo‘lganini aytdi.
O‘zbekiston D guruhida 5 o‘yin o‘tkazgan holda 9 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam Saudiya Arabistoni esa 6 o‘yinda 14 ochko jamg‘argan. O‘zbekiston—Singapur bahsi 7-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *