Goal24.uz » Jahon » Belgiya Lukakuning goli evaziga Xorvatiyadan ustun keldi

Belgiya Lukakuning goli evaziga Xorvatiyadan ustun keldi

Автор: admin

Yevro—2020 musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Belgiya va Xorvatiya terma jamoalari 6-iyun, yakshanba kuni o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Bryusselda o‘tgan o‘yin taqdirini yagona gol hal qilib berdi. Uchrashuvning 38-daqiqasida Romelu Lukaku o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ygan holda jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
O‘rtoqlik o‘yini
6-iyun, yakshanba

Belgiya — Xorvatiya 1:0

Gol: 1:0 — 38 — Lukaku.
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Vertongen (Vermalen, 46), Denayer, Kastan, Tilemans, Dendonker (Azar, 82), Shadli (Azar, 71), Karrasko (Doku, 82), Lukaku, Mertens (Vanaken, 68).
Xorvatiya – Livakovich, Barishich (Gvardiol, 46), Vrsalko, Chaleta-Sar, Vida, Brozovich, Kovachich (Vlashich, 61), Perishich (Orshich, 80), Modrich (Pashalich, 61), Rebich (Kramarich, 61), Petkovich (Brekalo, 70).
45   
Добавить комментарий
Ваше имя: *