Goal24.uz » Jahon » Reshfordning penlatidan urgan goli Angliyaga g‘alaba keltirdi, Niderlandiya esa Gruziyani yirik hisobda taslim etdi

Reshfordning penlatidan urgan goli Angliyaga g‘alaba keltirdi, Niderlandiya esa Gruziyani yirik hisobda taslim etdi

Автор: admin

Yevropa maydonlarida futbol bo‘yicha bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari 6-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Angliya Ruminiya bilan bahs yuritdi va 68-daqiqada Markus Reshfordning 11 metrlik jarima zarbasidan urgan goli evaziga g‘alaba qozondi.
Niderlandiya esa Gruziya ustidan yirik g‘alabaga erishdi. Mezbonlarning gollariga Memfis Depay, Vaut Vegorst va Rayan Gravenberh mualliflik qildi.
O‘rtoqlik o‘yinlari
6-iyun, yakshanba

Angliya — Ruminiya 1:0

Gol: 1:0 – 68 penalti Reshford.
Angliya – Jonston, Shou (Trippyer, 75), Uayt, Godfri, Mingz, Grilish, Uord-Prouz (Rays, 65), Fillips (Henderson, 46), Sancho (Bellinghem, 65), Kelvert-Lyuin (Uotkins, 82), Reshford (Lingard, 75).
Ruminiya – Nise, Kirikesh, Kamora, Nedelcharu (Rus, 84), Marin, Soresku (Kepushe, 66), Chikildeu (Budesku, 80), Stanchu, Peun (Beluse, 80), Ivan, Alibek (Haji, 66).
Ogohlantirish: Ivan (58).

Niderlandiya — Gruziya 3:0

Gollar: 1:0 – 10 penalti Depay, 2:0 – 55 Vegorst, 3:0 – 76 Gravenberh.
Niderlandiya – Stekelenburg, Veyndal (van Anxolt, 73), Dumfris, Blind (Ake, 46), Timber (Bergeys, 77), de Yong (Gravenberh, 66), Veynaldum (Klassen, 66), de Ron, de Vrey, Vegorst (Malen, 66), Depay.
Gruziya – Loriya, Dvali, Kashiya, Giorbelidze, Xocholava (Jigauri, 66), Aburjaniya (Daushvili, 78), Lobjanidze (Davitashvili, 46), Gviliya (Kvekveskiri, 78), Kiteyshvili (Kukhianidze, 88), Kakabadze, Zivzivadze (Mikautadze, 66).
Ogohlantirishlar: Kakabadze (45), Kashiya (79).

Daniya — Bosniya va Gersegovina 2:0

Gollar: 1:0 – 18 Breytueyt, 2:0 – 73 Kornelius.
43   
Добавить комментарий
Ваше имя: *