Goal24.uz » Jahon » JCh—2022 yo‘lida. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Singapurni yirik hisobda mag‘lub etdi, Masharipovdan dubl

JCh—2022 yo‘lida. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Singapurni yirik hisobda mag‘lub etdi, Masharipovdan dubl

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati—2022 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 7-iyun, dushanba kuni Singapur bilan bahs yuritdi.
Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. 6-daqiqada Jaloliddin Masharipov Ikrom Aliboyevning zargarona uzatmasini chiroyli tarzda darvozaga joylab qo‘ydi. 35-daqiqaga kelib, Masharipov jarima maydonchasida himoyachini aldab o‘tdi va darvozabonni dog‘da qoldirdi. Bu u uchun o‘yindagi ikkinchi gol bo‘ldi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Eldor Shomurodov hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Ikkinchi bo‘limda esa o‘zbekistonlik futbolchilar Singapur darvozasini ikki bor ishg‘ol etdi. Odil Ahmedov 50-daqiqada o‘ng qanotdan uyushtirilgan qarshi hujumni muvaffaqiyatli yakunlagan bo‘lsa, o‘yin yakuni arafasida Singapur himoyachisi o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ydi. Shu tariqa O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan markazlashgan musobaqani g‘alaba bilan boshlab, ochkolari sonini 12 taga yetdi. Jamoa 2-o‘rinda bormoqda.
D guruhidagi vaziyat bilan tanishing:

Vadim Abramov shogirdlari keyingi o‘yinini 11-iyun kuni Yamanga qarshi o‘tkazadi.
JCh—2022 saralashi
7-iyun, dushanba

O‘zbekiston — Singapur 5:0

Gollar: 1:0 — 6 Masharipov, 2:0 — 35 Masharipov, 3:0 — 45+2 Shomurodov, 4:0 — 50 Ahmedov, 5:0 — 89 Fandi.
O‘zbekiston: Sanjar Quvvatov, Husniddin Aliqulov (Hojiakbar Alijonov, 45), Umarbek Eshmurodov, Islomjon Qobilov, Oleg Zoteyev, Otabek Shukurov (Odiljon Hamrobekov, 55), Odil Ahmedov, Ikrom Aliboyev, Jaloliddin Masharipov (Farrux Ikromov, 55), Dostonbek Hamdamov (Hojimuhammad Erkinov, 46, Temurxo‘ja Abduxoliqov, 60), Eldor Shomurodov.
Singapur: Izvan Mahbud, Madxu Moxana (Zulqarnayn Suzliman, 67), Bayxakki Hayzan, Shakir Xamza, Nazrul Nazari (Shaval Anuar, 46), Shahdan Sulaiman, Zulfaxmi Arifin, Hafiz Sujad (Irfan Fandi, 30), Hazzuvan Halim, Faris Ramli, Yasir Xanapi.
Ogohlantirishlar: Bayxakki Hayzan (10), Otabek Shukurov (12), Zulfaxmi Arifin (33), Odiljon Hamrobekov (59).
88   
Добавить комментарий
Ваше имя: *