Goal24.uz » Jahon » JCh—2022 yo‘lida. Eron Bahraynni taslim etib, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi, Iroqda ham g‘alaba

JCh—2022 yo‘lida. Eron Bahraynni taslim etib, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi, Iroqda ham g‘alaba

Автор: admin

Futbol bo‘yicha JCh—2022 saralashi doirasida C guruhi o‘yinlari 7-iyun, dushanba bo‘lib o‘tdi.
Eron Bahraynga qarshi bahs yuritdi va yirik 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Forslarning gollariga Sardor Azmun va Mehdi Taremi mualliflik qildi. Ushbu g‘alaba tufayli Eron keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini o‘zida saqlab qoldi.
Guruhning boshqa bir o‘yinida Iroq Kambojaga qarshi saf tortdi. Uchrashuvda 4:1 hisobida iroqliklarning qo‘li baland keldi. Iroq gollari Mohanad Ali, Bashar Rasan, Adnan Ali va Abdulloh Safaning hisobiga yozildi. Kambojaning yagona javob to‘piga esa Visal Soeuy mualliflik qildi.
C guruhidagi vaziyat quyidagicha ko‘rinishda:

JCh—2022 saralashi
7-iyun, dushanba

Eron — Bahrayn 3:0

Gollar: 1:0 — 54 Azmun, 2:0 — 61 Azmun, 3:0 — Taremi.

Iroq — Kamboja 4:1

Gollar: 1:0 — 1 Mohanad, 2:0 — 23 Rasan, 3:0 — 27 penalti Adnan, 3:1 — 54 Soeuy, 4:1 — 90+4 Abdulloh.
51   
Добавить комментарий
Ваше имя: *