Goal24.uz » O'zbekiston » Vadim Abramov: «O‘yin borasida e’tirozlar bor»

Vadim Abramov: «O‘yin borasida e’tirozlar bor»

Автор: admin

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Singapurga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
«Avvalo bunday qiyin ob-havo sharoitida o‘ynagan yigitlarga rahmat aytishim kerak, ular ko‘p ter to‘kishdi. Natija yaxshi bo‘ldi, biroq bunday o‘yin uchun juda ko‘p sariq kartochka (3 ta) va jarohatlar (Aliqulov va Erkinov) kuzatildi. Maydon ham og‘irroq edi, yo‘q joydan oyoqlarini qayirib olishdi.
Hisob yaxshi ko‘rinishda bo‘lsa-da, o‘yin borasida e’tirozlar bor. Birinchi o‘yin oldidan hayajon bo‘lganini ham inobatga olish kerak. Ikki jarohat olgan futbolchimiz ham tizzasida og‘riq sezdi, ularning holati ertaga aniq bo‘ladi. Majburiy o‘zgarishlar sabab o‘yin davomida zaxiraga olib, dam bermoqchi bo‘lgan futbolchilarimiz oxirigacha o‘ynashga majbur bo‘lishdi», dedi Abramov.
JCH-2022 Osiyo saralashining «D» guruhida qatnashayotgan O‘zbekiston ayni damda 12 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Abramov jamoasi 11 iyun kuni Yaman bilan, 15 iyun kuni Saudiya bilan o‘ynaydi. O‘zbekiston keyingi ikki o‘yinda g‘alaba qozonsagina muammosiz keyingi bosqichga yo‘l olishi mumkin. Aks holda jamoaning imkoniyatlari o‘z qo‘lida bo‘lmay qoladi.
71   
Добавить комментарий
Ваше имя: *