Goal24.uz » Jahon » Modrich Xorvatiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Modrich Xorvatiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Автор: admin

35 yoshli qaymoqranglilar yarim himoyachisi ushbu sovrinni 10-marta va ketma-ket 6-marta qo'lga kiritdi.

Xorvatiyada har yili mamlakatning eng yaxshi futbolchilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bu haqda Xorvatiya futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Murabbiylar va professional futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan ovoz berish asosida o'z mamlakatlaridagi eng yaxshi futbolchilar tanlandi.

Yilning eng yaxshi xorvatiyalik futbolchisi "Real" yarim himoyachisi Luka Modrich deb topildi, u uchun ushbu sovrin ketma-ket oltinchi va umumiy hisobda 10-bo'ldi.

Xorvatiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi bu Zagreb Dinamo hujumchisi Bruno Petkovich. Eng yaxshi darvozabon uchun mukofotni uning jamoadoshi Dominik Livakovich oldi. Ularning jamoadoshi, himoyachi Joshko Gvardiol eng yaxshi yosh futbolchi deb topildi.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *