Goal24.uz » Jahon » Mayk Tayson sentyabrda yana ringga chiqadi

Mayk Tayson sentyabrda yana ringga chiqadi

Автор: admin

Og‘ir vazn toifasida sobiq chempion Mayk Tayson yana kuzning boshida ringga qaytishni  rejalashtirmoqda. Bu haqda uning murabbiyi Rafael Kordeyro ma’lum qildi.

"Biz mashq qilishni davom ettirmoqdamiz. U sportchi va har doim sport zalida.  Keyingi raqib kim bo‘lishini bilmayman. Uning kompaniyasi Legends Only League bu borada ish olib bormoqda. Biz sentyabrda jang qilamiz", dedi Kordeyro.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida Temir Mayk kichik Roy Jons bilan durangga erishgandi. Aprel oyida Tayson Lennoks Lyuis bilan revansh jangini o‘tkazishini e’lon qildi.
Manba: isport.ua
59   
Добавить комментарий
Ваше имя: *