Goal24.uz » Jahon » Fransiya terma jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi, Jirudan dubl

Fransiya terma jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi, Jirudan dubl

Автор: admin

Xalqaro maydonda bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari 8-iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Fransiya terma jamoasi Bolgariyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 29-daqiqasida Antuan Grizmann fransuzlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Olivye Jiru ikkita gol urgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Ispaniya terma jamoasining ayrim vakillari karantinga olingani bois Litvaga qarshi bahsda “qizil furiya”ning yoshlar jamoasi maydonga tushdi. Unda jamoa 4:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Chexiya terma jamoasi Albaniya ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Polsha Islandiya bilan jangovar durang qayd etdi..
O‘rtoqlik o‘yinlari
8-iyun, seshanba

Fransiya — Bolgariya 3:0

Gollar: 1:0 – 29 Grizmann, 2:0 – 83 Jiru, 3:0 – 90 Jiru.
Fransiya: Lyoris, Pavar, Lyuka Ernandes (Din, 46), Kimpembe, Varan, Tolisso (Sissoko, 84), Kante (Lemar, 65), Pogba, Mbappe (Ben-Yedder, 84), Benzema (Jiru, 41), Grizmann (Dembele, 66).
Bolgariya: Naumov, Turitsov (Karagaren, 71), Bojikov, Xristov, Antov, Yankov (Xristov, 71), Chochev (Vitanov, 52), Iliyev, Krayev (Svetanov, 58), Despodov (Iliyev, 58), Iliyev (Minchev, 58).

Chexiya — Albaniya 3:1

Gollar: 1:0 – 18 Shik, 1:1 – 42 Sikaleshi, 2:1 – 68 Masopust, 3:1 – 89 Chelyustka.

Ispaniya U-21 — Litva 4:0

Gollar: 1:0 – 3 Gilyamon, 2:0 – 24 Braim Dias, 3:0 – 53 Miranda, 4:0 – 72 Puado.

Polsha — Islandiya 2:2

Gollar: 0:1 – 24 Gudmundsson, 1:1 – 34 Zelinski, 1:2 – 47 Byarnason, 2:2 – 88 Shviderski.

Senegal — Kabo-Verde 2:0

Gollar: 1:0 – 55 Guye, 2:0 – 86, penalti Mane.

Kamerun — Nigeriya 0:0

Vengriya — Irlandiya 0:0

Marokash — Gana 1:0

Gol: 1:0 – 69 al-Yamik.
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *