Goal24.uz » Jahon » JCh—2022 yo‘lida. Braziliyadan navbatdagi g‘alaba, Argentina so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Urugvayda esa durang

JCh—2022 yo‘lida. Braziliyadan navbatdagi g‘alaba, Argentina so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Urugvayda esa durang

Автор: admin

Janubiy Amerika mintaqasida JCh—2022 saralashi doirasidagi bir qator o‘yinlar 9-iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Argentina terma jamoasi Kolumbiya maydonida mehmon bo‘ldi. O‘yin debyutida Kristian Romero va Leandro Paredesning gollaridan keyin mehmonlar oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Luis Muriel hisobni qisqartirgan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Migel Borxa muvozanatni tikladi.
Braziliya terma jamoasi safarda Paragvay bilan o‘ynadi. Neymar 4-daqiqada hisobni ochdi o‘yin yakunlanishi arafasida Lukas Paketa “pentakampionlar”ning ikkinchi golini urdi.
Urugvay kutilmaganda Venesuelani yenga olmadi. Chili esa Ekvador bilan durang o‘ynadi.
Braziliya 6-turdan keyin yuz foizlik natija bilan birinchi o‘rinda ketmoqda. Ikkinchi o‘rindagi Argentinada 12 ochko bor. Ekvador (9), Urugvay va Kolumbiya (8 ochkodan) keyingi pog‘onalarda bormoqda.
JCh—2022 saralashi, KONMEBOL
6-tur bahslari
9-iyun, chorshanba

Kolumbiya — Argentina 2:2

Gollar: 0:1 – 3 Romero, 0:2 – 8 Paredes, 1:2 – 51, penalti Muriel, 2:2 – 90+4 Borxa.
Kolumbiya: Ospina, Mina, Sanches, Medina (Moreno, 75), Tesilo, Kuelyar (Barrios, 46), Uribe, Kuadrado, Lerma (Muriel, 30), Dias (Kardona, 46), Sapata (Borxa, 46).
Argentina: Martines (Marchesin, 40), Montiyel, Romero (Petsselya, 64), Otamendi, Akunya, Paredes, Lo Chelso (Palasios, 54), de Paul, Gonsales (Foyt, 65), Martines, Messi.
Ogohlantirishlar: Mina (34), Sapata (45), Romero (45), Medina (47), Otamendi (49), Tesilo (57), Paredes (62), Petsselya (79), Borxa (90).

Paragvay — Braziliya 0:2

Gollar: 0:1 – 4 Neymar, 0:2 – 90 Lukas Paketa.
Paragvay: Silva, Alonso, Arsamendiya, Gomes, Alderete, Vilyasanti (Romero, 73), Ximenes (Avalos, 61), Almiron, Kardoso Lusena (Bareyro, 80), Roxas (Espinola, 61), Romero (Samudio, 80).
Braziliya: Ederson, Markinyos, Aleks Sandro, Militao, Danilo, Kazemiro, Fred (Lukas Paketa, 46), Neymar, Gabriel Jezus (Everton, 82), Firmino (Duglas Luis, 73), Risharlison (Gabriel Barboza, 82).
Ogohlantirishlar: Gomes (21), Fred (43), Gabriel Jezus (76), Bareyro (87), Alonso (88), Alderete (88).

Venesuela — Urugvay 0:0

Ekvador — Peru 1:2

Gollar: 0:1 – 62 Kueva, 0:2 – 88 Advinkula, 1:2 – 90 Plata.

Chili — Boliviya 1:1

Gollar: 1:0 – 69 Pulgar, 1:1 – 82, penalti Moreno.
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *