Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Barselona" futbolchisi klubga moliyaviy tomondan yordam bermoqchi

"Barselona" futbolchisi klubga moliyaviy tomondan yordam bermoqchi

Автор: admin

«Barselona» himoyachisi Jerar Pike klub oldida turgan moliyaviy muammolarga yordam berishga tayyor.
Bir necha kun oldin ispaniyalik futbolchi «Barselona» prezidenti Joan Laport bilan uchrashdi. Menejer «Barselona» uchun omadsiz bo‘lgan mavsum tugashi haqidagi futbolchining fikrini bilmoqchi edi.
Bundan tashqari, ushbu uchrashuv davomida Pike va Laporta futbolchining kelajagini muhokama qildi. Ispaniyalik futbolchi og‘ir moliyaviy vaziyatni yengish uchun ish haqini kamaytirishga tayyorligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Pikening «Barsa» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga yetadi. O‘z navbatida, «Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Pikeni jamoaning asosiy o‘yinchisi deb biladi va kelasi mavsumda unga umid bog‘lamoqda.
569   
Добавить комментарий
Ваше имя: *