Goal24.uz » Jahon » Hindistonlik futbolchi Messini ortda qoldirib ketdi

Hindistonlik futbolchi Messini ortda qoldirib ketdi

Автор: admin

Endi Messi uni quvadi...
Hindiston terma jamoasi hujumchisi Sunil Chetri xalqaro maydonda gol urish bo‘yicha Argentina yulduzi Lionel Messidan o‘zib ketdi.
36 yoshli hujumchi Bangladesh terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda dublga erishdi va Hindiston milliy terma jamoasi safidagi gollari sonini 74 taga etkazib oldi. Lionel Messi hisobida esa o‘z mamlakati uchun urgan 72 ta gol bor.
Sunil Chetri faoliyatini davom ettirayotgan terma jamoa to‘purarlari orasida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Undan oldinda Portugaliya terma jamoasining 103 ta goliga mualliflik qilgan Krishtianu Ronaldu.
Terma jamoa uchun gol urish borasida yaqqol rekordchi eronlik Ali Dayi hisoblanadi. U jami 109 ta to‘p kiritgan. Yaqin orada Ronaldu osiyolik yulduz rekordini yangilashi kutilmoqda.
100   
Добавить комментарий
Ваше имя: *