Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Real” yarim himoyachisi APL grandlari kuzatmoqda.

“Real” yarim himoyachisi APL grandlari kuzatmoqda.

Автор: admin

Madridliklar uni qo‘yib yuboradi...
“Tottenxem” rahbariyati tarkibni kuchaytirish maqsadida “Real” yarim himoyachisi Iskoni Angliyaga ko‘chirib kelmoqchi.
29 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining eng yorqin yulduzlaridan hisoblangan va o‘z vaqtida uning transfer summasi 100 million funtgacha etgan edi.
Biroq, keyingi mavsumlarda Isko ko‘p jarohatlandi va uning o‘yinida pasayish kuzatildi. Natijada u etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Isko Evropa chempionatida qatnashadigan Ispaniya terma jamoasi tarkibiga ham kiritilmadi.
“Tottenxem” omadi chopmayotgan Iskoga ishonch bildirgan holda, uni 14 million funtga sotib olmoqchi va bu borada “Qirollik klubi” mutasaddilari bilan muzokaralarni boshlab yubordi.  Iskoning amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng yakunlanishini inobatga olgan madridliklar ham uni yozda sotib yuborishga tayyor.
72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *