Goal24.uz » Transfer » "Milan" Laxaltni Moskvaning "Dinamo" siga sotadi

"Milan" Laxaltni Moskvaning "Dinamo" siga sotadi

Автор: admin

"Rossoneri" urugvaylik himoyachidan 3,5 million evro ishlab oladi.

O'tgan mavsumni ijara asosida "Seltik" da o'tkazgan "Milan" ning to'liq himoyachisi Diyego Laksalt faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettiradi. Jurnalist Janluka Di Martsio xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Moskvaning "Dinamo" si rossonerilar rahbariyati bilan bo'lajak transferning barcha shartlari bo'yicha kelishib olgan.

Aytishlaricha, Milan 28 yoshli urugvaylik futbolchini sotishdan 3,5 million evro ishlab topadi, uning "Dinamo M" dagi maoshi yiliga 2,5 million evroni tashkil qiladi.

O'tgan mavsumda Diego Laksalt Shotlandiya chempionatida 17ta o'yin o'tkazgan va unda bitta gol urgan.
164   
Добавить комментарий
Ваше имя: *