Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Yurgen Klopp Vijnaldumga APLdan o'rinbosar topdi.

Yurgen Klopp Vijnaldumga APLdan o'rinbosar topdi.

Автор: admin

Uning narxi yana oshishi mumkin
“Lester” yarim himoyachisi Yuri Tilemans kelasi mavsumda “tulkilar”ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchisi “Liverpul”da o‘ynashi mumkin.
Liverpulliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp uni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar belgiyalik futbolchi transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Tilemansning o‘zi esa Belgiya terma jamoasi safida Evropa chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda va uning faoliyatiga doir qarori ushbu musobaqadan so‘ng oshkor qilinadi.
Ayni paytda bu futbolchining transferi 60-70 million funtga baholanmoqda. “Liverpul” bu summani pasaytirmoqchi. Biroq, Tilemans Evropa chempionatida muvaffaqiyatli o‘ynasa, uning narxi yana ko‘tariladi.
76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *