Goal24.uz » Jahon » Jahonning ayni damdagi eng qimmat futbolchilari aniqlandi. Messi kuchli 20 talikda, Ronaldu esa bazo‘r top-100 likka kirdi

Jahonning ayni damdagi eng qimmat futbolchilari aniqlandi. Messi kuchli 20 talikda, Ronaldu esa bazo‘r top-100 likka kirdi

Автор: admin

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Transfermarkt portaliga ko‘ra dunyoning ayni damdagi eng qimmat futbolchisi deb topildi.
Fransiyalik futbolchining transfer qiymati 160 million yevroga baholandi. “Borussiya D” hujumchisi Erling Holandning qiymati 20 million yevroga (130 million) ko‘payib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikka esa “Tottenhem” forvardi Harri Keyn (120 million) yakun yasab berdi.
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi 80 million yevroga (16—20-o‘rinlar) baholangan bo‘lsa, “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning transfer narxi 45 million yevroni (95—113-o‘rinlar) tashkil qildi.
Transfermarkt talqiniga ko‘ra dunyoning ayni damdagi eng qimmat futbolchilari:
1. Kilian Mbappe (“PSJ”) – 160 million yevro
2. Erling Holand (“Borussiya D”) – 130
3. Harri Keyn (“Tottenhem”) – 120
4-8. Jeydon Sancho (“Borussiya D” – 100
4-8. Muhammad Saloh (“Liverpul”) – 100
4-8. Romelu Lukaku (“Inter”) – 100
4-8. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) – 100
4-8. Neymar (“PSJ”) – 100
9-13. Frenki de Yong (“Barselona”) – 90
9-13. Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”) – 90
9-13. Yozua Kimmix (“Bavariya”) – 90
9-13. Rahim Sterling (“Manchester Siti”) – 90
9-13. Yan Oblak (“Atletiko”) – 90.
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *