Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Barselona" va "Atletiko" Fabian Ruis uchun kurash olib borishadi

"Barselona" va "Atletiko" Fabian Ruis uchun kurash olib borishadi

Автор: admin

"Napoli" yarim himoyachisi transfer bozorida talabga ega.

Fabian Ruis mavsumdan mavsumga ajoyib o'yin namoyish etadi va katta klublarning qiziqishini uyg'otmoqda.

As.com xabariga ko'ra, keyingi transfer oynasida «Barselona» va «Atletiko» ispaniyalik yarim himoyachi uchun kurash olib boradi.

Manbaning ta'kidlashicha, Fabian Ruis neapolliklar bilan shartnomasini yangilashdan bosh tortgan va jamoani tark etmoqchi.

25 yoshli ispaniyalik futbolchi o'tgan mavsumda Jennaro Gattuzo boshchiligida 42 uchrashuvda maydonga tushib, unda asosiy tarkibning oddiy o'yinchisi sifatida to'rtta gol urdi va bitta golli pas berdi.

Eslatib o'tamiz, "PSJ" Fabian Ruis transferini ko'rib chiqmoqda.
31   
Добавить комментарий
Ваше имя: *