Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Barselona"ni tark etadigon futbolchilarni son 12 nafarga yetdi.

"Barselona"ni tark etadigon futbolchilarni son 12 nafarga yetdi.

Автор: admin

Faqat Messi qoladimi?
“Barselona” rahbariyati tarkibni tozalash maqsadida asosiy tarkibning jami 12 nafar futbolchisini sotib yuboradigan bo‘lyapti.
Kataloniyaliklarning bunday qarorga kelishiga klubning tashqi qarzi bir milliard evrodan o‘tib ketgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, birinchilardan bo‘lib, Miralem Pyanich, Filippe Koutino va Samuel Umtiti o‘ziga yangi jamoa tanlashi kerak bo‘ladi. Shuningdek, kelasi mavsumga qolmaydiganlar ro‘yxatiga Xunior Firpo, Martin Breytueyt va Mateus Fernandesh ham kiritilgan. Neto o‘z ixtiyoriga ko‘ra klubni tark etadi.
Bundan tashqari, Usmon Dembele, Serdjino Dest, Jerar Pike, Riki Puch, Fransishku Trinkau va Emerson Aparesido ham joyi chiqsa, sotib yuboriladi.
Kuman faqatgina Lionel Messi, Ronald Arauxo, Ansu Fati, Frenki de Yong va Pedrining qolishini kafolatlagan xolos.
144   
Добавить комментарий
Ваше имя: *