Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Barsa" Lautaro uchun himoyachisidan voz kechmoqchi

"Barsa" Lautaro uchun himoyachisidan voz kechmoqchi

Автор: admin

"Barselona" yana "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesni sotib olishga harakat qiladi.
Futbolchi Italiya klubi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi, shu sababli "Barsa" yana argentinalikni sotib olishga harakat qiladi.
Kataloniya klubi Lautaroning shartnomasiga o‘tgan mavsumni "Betis"da o‘tkazgan va ijaradan "Barsa"ga qaytgan himoyachi Emersonni kiritishi mumkin. Payshanba kuni braziliyalikning agenti "Inter"ning ofisiga tashrif buyurdi. Futbolchi ham Italiya klubiga o‘tish variantiga qiziqish bildirmoqda va ushbu vaziyatni hisobga olgan holda, "Barselona" ushbu imkoniyatni, shu jumladan, aargentinalik forvard shartnomasida ko‘rib chiqishga tayyor.
Vaziyat butunlay "Chelsi" va "PSJ" da’vo qilayotgan himoyachi Ashraf Hakimining "Inter"ni tark etishiga bog‘liq. Italiya klubi etakchilarining fikriga ko‘ra, Emerson ushbu futbolchiga ajoyib o‘rinbosar bo‘ladi. Bundan tashqari, uning o‘tishi "Inter"ga xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.
"Barselona" rahbariyati hujumchi izlamoqda, chunki Memfis Depay transferi hali yakuniga etilmagan.
O‘tgan mavsumda Lautaro A seriyada 38 o‘yin o‘tkazdi, 17 gol urdi va 6 golga uzatma berdi.
73   
Добавить комментарий
Ваше имя: *