Goal24.uz » Jahon » Yevro-2020. Belgiya Rossiyani yirik hisobda mag‘lub etdi.

Yevro-2020. Belgiya Rossiyani yirik hisobda mag‘lub etdi.

Автор: admin

Yevropa chempionatida V guruhida 1-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. 
Rossiya o‘z maydonida Belgiya bilan bahs yuritib, himoyachilarning xatolari evaziga mag‘lubiyatga uchradi. Lukaku tezkor dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Mene hisobiga yozildi.
Belgiya 1-turdan so‘ng guruhda yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. 
Avvalroq guruhning birinchi o‘yinida Finlyandiya kutilmaganda Daniya (1:0) ustidan g‘alaba qozongandi. 
Yevro-2020. V guruhi. 1-tur
Belgiya — Rossiya 3:0

12 iyun, «Gazprom Arena»
Gollar: Lukaku (10, 88), Mene (34).
Belgiya – Kurtua, Boyata, Vertongen (Vermalen, 77), Alderveyreld, Kastan (Mene, 27), Tilemans, Dendonker, T.Azar, Karrasko (Prat, 77), Lukaku, Mertens (E.Azar, 72). 
Rossiya – Shunin, Fernandes, Jikiya, Jirkov (Karavayev, 43), Semyonov, Golovin, Barinov (Diveyev, 46), Zobnin (Muxin, 63), Kuzyayev (Cherishev 29, Miranchuk 63), Ozdoyev, Dzyuba.
82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *