Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Roma" yaqin soatlar ichida APL klubidan darvozabon sotib oladi

"Roma" yaqin soatlar ichida APL klubidan darvozabon sotib oladi

Автор: admin

Portugaliyalik posbon Ruy Patrisiu yozgi transfer oynasi vaqtida “Roma”ga o'tishga yaqin turibdi.
Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o'zining Tvitterdagi sahifasida malum qildik.
Manbaning xabariga ko'ra, rimliklar darvozabon uchun “Vulverxempton”ga 7 million evro taklif qilishgan. Ingliz klubi esa 10 million evro so'ramoqda. Biroq, “Roma” vakillari bonuslar evaziga ushbu kelishuvni amalga oshirishni rejalashtirishmoqda. Malum bo'lishicha, 33 yoshli darvozabon uchun “Roma” uch yillik shartnoma taklif qilgan.
Patrisiu 2018 yildan buyon “Vulverxempton” sharafini himoya qilib kelmoqda. U “bo'rilar” safiga Lissabonning “Sporting” klubidan ko'chib o'tgandi. Yakunlangan mavsumda darvozabon APLda 37 uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 51 ta gol o'tkazib yubordi va bir marta sariq kartochka bilan “siylandi”.
Patrisiuning “Vulverxempton” bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining taxminiy narxini 10 million evroga baholagan.
52   
Добавить комментарий
Ваше имя: *