Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” 135 million evrolik futbolchisiga xaridor topdi.

“Barselona” 135 million evrolik futbolchisiga xaridor topdi.

Автор: admin

U tezroq ketishi kerak...
“Barselona”ga kerak bo‘lmay qolgan Filippe Koutino yozgi transferlar vaqtida sotib yuboriladi. Kataloniyaliklar anchadan beri braziliyalik yulduzga yangi ish joyi qidirayotgan edi. Biroq, bu futbolchining maoshi kattaligi bois, har qanday jamoa ham uni o‘z tarkibiga chorlashga jazm qila olmaydi.
Nihoyat, Evropaning eng boy klublaridan  hisoblangan PSJ braziliyalik pleymeykerga o‘z safian joy bermoqchi.  
Ronald Kuman kelasi mavsumda 29 yoshli futbolchiga imkon bermasligini aytgan, klub rahbariyati shundan so‘ng, uni 50 million evroga sotib yuborishga qaror qildi.
Kataloniyaliklar 2018 yilda "Liverpul"dan 135 million evroga sotib olingan futbolchini 50 millionga qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lsa-da, parijliklar narxni yanada pasaytirmoqchi.
Koutino Kataloniyaga kelganidan beri jami 90 ta o‘yinda qatnashi, 23 ta gol urdi va 14 ta golli pas berdi. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi.
154   
Добавить комментарий
Ваше имя: *