Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Tez orada Ramos Peres bilan yangi shartnomani muhokama qiladi

Tez orada Ramos Peres bilan yangi shartnomani muhokama qiladi

Автор: admin

Ispaniyalik yana ikki yil "qirollik" klubida o'ynashni xohlamoqda.

"Real" himoyachisi Serxio Ramosning "Real" dagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

Nikolo Shiraning tvitterda yozishicha, ispaniyalik futbolchi yaqin orada klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashib, yangi shartnomani muhokama qiladi.

Xabarlarga ko'ra, 35 yoshli futbolchi ikki yillik shartnoma yoki bitta mavsumni yangilash variantini o'z ichiga olgan bir yillik shartnoma imzolamoqchi.

Ramos "Real" da 2005 yildan beri o'ynab kelmoqda.

Oldinroq "Sevilya" Serxio Ramosga besh yillik shartnoma taklif qilib, u tugagandan so'ng klub boshqaruvida qolish imkoniyatini taqdim etgani haqida xabar berilgan edi.
86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *