Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp klubda tozalash ishlarini boshlab yubordi.

Klopp klubda tozalash ishlarini boshlab yubordi.

Автор: admin

Kloppning talabi shu
“Liverpul” kelasi mavsumda “Manchester Siti”dan chempionlik unvonini qaytarib olmoqchi. Klub rahbarlari yaqin kelajakda jamoaga kerak bo‘ladigan o‘yinchilar bilan yangi bitimlarni rasmiylashtira boshladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, birinchilardan bo‘lib, darvozabon Alison Bekker, markaziy himoyachi Virjil Van Deyk va tayanch yarim himoyachi Fabinoga yangi shartnomalar taqdim etiladi. “Liverpul” uchala futbolchiga maoshlari ko‘tarilgan to‘rt yillik bitim taklif qilyapti.
“Liverpul” xo‘jayinlari bu futbolchilarni 2018 yilda olib kelgan va ular uchun 191 million evro sarflagan edi.
124   
Добавить комментарий
Ваше имя: *