Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » "PSJ" "Barselona" futbolchisiga jiddiy taklif tayyorlamoqda

"PSJ" "Barselona" futbolchisiga jiddiy taklif tayyorlamoqda

Автор: admin

Kataloniyaning "Barselona" klubi yaqin kelajakda Felippe Koutinyo bilan xayrlashishga tayyor. Ispaniya matbuotining xabar berishicha, "PSJ" braziliyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
 
Ronald Kuman yangi mavsumda 29 yoshli hujumkor yarim himoyachiga umid bog‘lamayapti, shu sababli "Barselona" futbolchini sotmoqchi. Kataloniyaliklar futbolchidan taxminan 50 million yevro ishlab olmoqchi. 2018 yilda "ko‘k-anorranglilar" braziliyalik uchun 135 million yevroni to‘laganiga qaramay, parijliklar transfer miqdorini kamaytirishga urinmoqdalar.
Felippe Koutinyo "Barsa"ga o‘tgandan keyin, 90 uchrashuv o‘tkazdi, unda 23 gol va 14 golli uzatma berdi. Uning transfer qiymati hozirda 30 million yevroni tashkil qiladi. Koutinyoning klub bilan shartnoma 2023 yil yozigacha amal qiladi.
114   
Добавить комментарий
Ваше имя: *