Goal24.uz » Jahon » Yevro-2020. Niderlandiya Ukraina ustudan irodali g'alabaga erishdi.

Yevro-2020. Niderlandiya Ukraina ustudan irodali g'alabaga erishdi.

Автор: admin

Yevropa chempionatida S guruhida 1-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. 
Markaziy bahsda Niderlandiya o‘z maydonida Ukrainani qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Shevchenko jamoasi ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarib, hisobni tenglashtirdi. Ammo 85-daqiqada Dyumfris mezbonlarga 3 ochko keltiradigan to‘pni kiritdi. 
Guruhning dastlabki o‘yinida Avstriya Shimoliy Makedoniyadan (3:1) ustun kelgandi. 
Yevro-2020. S guruhi. 1-tur
Niderlandiya — Ukraina 3:2
13 iyun, «Yohan Yeroyff Arena»
Gollar: Veynaldum (52), Vegorst (59), Dyumfris (85) — Yarmolenko (75), Yaremchuk (79).
Niderlandiya – Stekelenburg, Dumfris, de Vrey, Blind (Ake, 64), van Anxolt (Veyndal, 64), Veynaldum, de Yong, de Ron, Timber (Veltman, 88), Depay (Malen, 90+1), Vegorst (de Yong, 88). 
Ukraina – Buan, Zabarniy, Matviyenko, Mikolenko, Karavayev, Zinchenko, Sidorchuk, Zubkov (Marlos, 13; Shaparenko, 64), Malinovskiy, Yarmolenko, Yaremchuk.
Ogohlantirish: Sidorchuk (90+3).
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *