Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Man Yunayted» «Atletiko» himoyachisi uchun 25 million yevro taklif qildi

«Man Yunayted» «Atletiko» himoyachisi uchun 25 million yevro taklif qildi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» klubi angliyalik 30 yoshli himoyachi Kiran Tripper transferi bo‘yicha «Atletiko» bilan muzokarani davom ettirmoqda.
Marca nashri xabariga ko‘ra, Manchester klubi Tripper uchun Madrid klubiga 25 million yevro taklif qilgan. «Atletiko» esa angliyalik himoyachi uchun 40 million yevro so‘ramoqda. Tomonlar Yevro-2020 yakuniga qadar kelishuvga erisha olishiga ishonishmoqda.
Kiran yakunlangan mavsumda La Ligada 28 o‘yinda maydonga tushib, 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 
Avvalroq, «MYU» rahbariyati yozda yangi futbolchilar transferi uchun bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsherga 170 million yevro ajratgani haqida xabar qilingandi.
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *