Goal24.uz » O'zbekiston » «Ikki jamoa ham bir xil sharoitda». Vadim Abramov Saudiya Arabistoni bilan o‘yin, ikki kun mashg‘ulot o‘tkazilmagani sababi va tarkib haqida

«Ikki jamoa ham bir xil sharoitda». Vadim Abramov Saudiya Arabistoni bilan o‘yin, ikki kun mashg‘ulot o‘tkazilmagani sababi va tarkib haqida

Автор: admin

JCH-2022 va Osiyo Kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichi so‘nggi turi doirasidagi Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston uchrashuvidan avval milliy jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«O‘yin oldidan barcha futbolchilar sog‘lom, tarkibda muammo yo‘q. Bu yerdagi iqlim sharoiti noqulay bo‘lib, chang-to‘zon kuzatilgani sababli ikki kun maydonda mashg‘ulot o‘tkaza olmadik. Bilishimcha, Saudiya Arabistoni ham bizdek mashg‘ulot o‘tkazmagan. Demak, ikki jamoa ham bir xil sharoitda. Saudiya Arabistoniga qarshi ertangi o‘yin juda muhim, buni barcha yaxshi anglab turibdi. 
Saudiyaga qarshi o‘yin boshqa stadionda o‘tayotganligi haqida aytishim mumkinki, biz o‘ynagan «Qirol Fahd» stadionida chimi o‘ziga xos bo‘lib, ko‘proq o‘stirilgandi. Shu bois to‘p uncha tez harakatlanmasdi. Saudiyaning avvalgi o‘yinlarini tomosha qilgandim, ular bu stadionda to‘p surishganida to‘p ancha tez harakatlangandi. Bugun o‘yin oldi mashg‘ulotlarda o‘zimiz uchun yangi maydonga moslashib olamiz», - dedi Vadim Karlenovich o‘yindan oldingi matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yin 15 iyun, seshanba kuni soat 23:00da Ar-Riyoddagi «King Saud University Stadium»da o‘tkaziladi.
240   
Добавить комментарий
Ваше имя: *