Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Manchester Yunayted” hujumchisini Madridga tavsiya qilmoqda.

“Manchester Yunayted” hujumchisini Madridga tavsiya qilmoqda.

Автор: admin

Sulsherga u kerak emas...
“Manchester Yunayted”ning frantsiyalik hujumchisi Antoni Marsyal yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi kutilmoqda.
Manchesterliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher asosiy to‘purar bo‘lishi kutilgan hujumchining o‘yinidan qoniqmadi va uni zaxiraga o‘tqazib qo‘ydi. Uning o‘rnini to‘purarlik mahoratini namoyish qila olgan Edinson Kavani va tez o‘sishga erishayotgan Meyson Grinvud egalladi.
Yozda Manchesterga “Borussiya” yulduzi Jeydon Sanchoning kelishi kutilmoqda. Agar bu transfer amalga oshsa, Marsyalga umuman ish qolmaydi. Shu bois, “Manchester Yunayted” rahbariyati bu hujumchini “Real”ga transfer qilmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, inglizlar bu borada madridliklar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Unga ko‘ra, “Manchester Yunayited” ispanlarga hujumchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olishni taklif qilmoqda.
Marsyal yakunlangan mavsumda premer-ligada 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va uchta golli pas uzatdi.
190   
Добавить комментарий
Ваше имя: *