Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Pedri Ispaniya terma jamoasi uchun rekord o'rnatdi

Pedri Ispaniya terma jamoasi uchun rekord o'rnatdi

Автор: admin

"Barselona" yarim himoyachisi shvedlarga qarshi o'yini bilan tarixga kirdi.

Ispaniya terma jamoasi guruh bosqichining birinchi turida Shvetsiya terma jamoasi bilan golsiz durang o'ynadi.

Noxush natijaga qaramay, ispaniyalik yarim himoyachi Pedri o'z terma jamoasi uchun rekord o'rnatishga muvaffaq bo'ldi.

Opta xabariga ko'ra, "Barselona" yarim himoyachisi 18 va 201 kunligida Ispaniya terma jamoasida katta forumda o'ynab tarixga kirgan.

Oldingi rekord "Barcelona", "Arsenal" va "Chelsi" ning sobiq futbolchisi Francesc Fabregasga tegishli bo'lib, 2006 yilgi Jahon chempionatida 19 yoshida va 41 kunligida maydonga Ispaniya formasini kiyib kirib kelgan.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasiga avvalroq yoshlar tarkibidan 11 nafar futbolchi qo'shilgan edi.
93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *