Goal24.uz » Jahon » Krishtianu Ronaldu – beshta Yevropa chempionatida to‘p surgan ilk futbolchi

Krishtianu Ronaldu – beshta Yevropa chempionatida to‘p surgan ilk futbolchi

Автор: admin

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2020 1-turi doirasidagi Vengriyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi ma’lum bo‘ldi.
Shu tariqa, portugaliyalik 35 yoshli forvard 5ta Yevropa chempionatida maydonga tushgan turnir tarixidagi ilk o‘yinchiga aylandi. 
Ronaldu 2004 yilda o‘z vatanida o‘tgan Yevroda debyutini o‘tkazgan bo‘lsa, 2008, 2012, 2016 yilgi turnirlarda ham ishtirok etgan va so‘nggisida Portugaliya bilan Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya «F» guruhidan keyingi bosqichga chiqish uchun Vengriyadan tashqari, Germaniya va Fransiya milliy jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
71   
Добавить комментарий
Ваше имя: *