Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» va «Manchester Siti» klublari futbolchilarini o‘zaro almashishi mumkin.

«Barselona» va «Manchester Siti» klublari futbolchilarini o‘zaro almashishi mumkin.

Автор: admin

Yozgi transfer oynasida «Barselona» va «Manchester Siti» klublari futbolchilarini o‘zaro almashishi mumkin.
Mundo Deportivo’ning yozishicha, «Manchester Siti» o‘yinchilari Joau Kanselu va xavbek Bernardu Silva Kataloniya klubiga yo‘l olishi mumkin. Ularning o‘rniga esa «Barselona» Usmon Dembele va Serji Robertoni Gvardiola jamoasiga bermoqchi.
Qayd etilishicha, o‘tgan haftada «Barselona» prezidenti Joan Laporta Mayorkadagi golf turnirida Pep Gvardiola bilan uchrashib, bo‘lajak transferlar masalasini muhokama qilgan. 
Portugaliyalik o‘yinchilarning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan bo‘lsa-da, ikki futbolchi ham Ispaniyaga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. Laporta Kanselu va Bernardu Silvaning agenti sanalmish Jorje Mendesh bilan yaqin aloqada. Klub Dembele va Robertoning Angliyaga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lishini kutmoqda. Ikki futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilda yakuniga yetadi.
121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *